Milliarder Alisher Usmonov o‘zining «Arsenal» ingliz futbol klubidagi 30% aksiyasini klubning asosiy aksiyadori bo‘lgan sport magnati Sten Kronkega sotdi, deb RBK Financial Times ga havola qilib yozadi.

Xabarda keltirilishicha, Usmonovning klubdagi ulushi uchun Kronke 550 million £ to‘lagan.

Ilgari Usmonov Kronkega «Arsenal» ning deyarli 70% lik akiyalari ulushini 1,3 milliard $ ga sotib olishni taklif qilgan edi, ammo bitim amalga oshmadi.

Alisher Usmonov «Arsenal» aksiyalarini birinchi marta 2007 yili sotib olgan.