To’ldirilgan haqiqat (AR) ko’zoynaklari haqida Новости высоких технологий Xitoyning Sinhua axborot agentligiga havola qilib yozgan.

Har qanday multimedia-texnologiya ertami-kechmi reklama uchun ishlatila boshlanadi. Oldinlari bunday texnologiyalarning qo’llanguniga qadar yetarlicha ko’p vaqt ketgan bo’lsa, hozirda esa, ayrim narsalar aholiga turli maxsulotlarga aynan o’rgatib qo’yish maqsadida ixtiro qilinmoqda degan o’yga borish mumkin. Misol uchun, Taobao va Microsoft kompaniyalarining harakati tufayli anchagina yosh bo’lmish “to'ldirilgan haqiqat” (AR) texnologiyasi yaqin orada reklama va maxsulot xarid qilish uchun qo’llanilishi mumkin.

Ma’lum bo’lishicha, Microsoft HoloLens uzoq vaqt obyektlarni aniqlab, ularni do’konlarda ularni izlay oladigan AR ko’zoynaklari loyihasi ustida ish olib bordi. Yangi ko’zoynaklar nomi o’zi uchun gapiradi: MR Buy. Ular foydalanuvchiga tovar narxi, mijozlar fikri, sotib olish mumkin bo’lgan joylar, yetkazib berish va boshqalar haqida ma’lumot beradi. Barcha ma’lumotlarga ega o’lish uchun kerakli narsaga qarash kifoya.

Mualliflar qurilma orqali quyidagi misol keltirishgan: Agar sizga o’tib ketayotgan biror bir shaxsning kiyimi yoki qandaydir narsasi (masalan, chiroyli vaza) yoqdi — siz narsaga AR-ko'zoynagi orqali qaraysiz, shunda ular internetdagi qidiruv va savatga qo’shishni boshlab yuboradi. Siz u erda sharh va yetkazib berish xizmati bilan tanishishingiz mumkin. Bundan tashqari, qurilmaning yana bir xususiyati bor: ular mahsulotni 3D-tasvir orqali real ko’rinishini baxolash imkonini beradi.

Qurilma 2018 yil sentyabrida sotuvga chiqariladi.