Alisher Usmonov o‘zining Arsenal dagi aksiyalarini sotgandan so‘ng, futbol klublariga investitsiya kiritish uchun ko‘plab takliflar tushmoqda deb Bloomberg ga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi RBK.

Milliarder Everton klubining 58.8% aksiyalariga egalik qilayotgan Farhad Moshiri bilan yaqin do‘st va biznes hamkor sanaladi.

“Potensial foyda bilan klubga investitsiya kiritish taklifi bo‘lsa, men, albatta, o‘zaro sherikchilik munosabatlariga tayyorman. Farhad bilan do‘stmiz. Agar yordam kerak bo‘lsa, u uchun ko‘mak berishdan baxtiyor bo‘lardim”, deydi u Bloomberg nashriga bergan intervyusida.

Xabarga ko‘ra, u Bavariya, Roma va Milan ning ishlariga ham qiziqmoqda.

Ilgari Spot, Usmonov Arsenal dagi aksiyalarini amerikalik sport magnati Sten Kronkega sotgani haqida yozgan edi.