“O'zbekiston temir yo’llari” IspaniyaningTalgo va Koreyaning Hyundai kompaniyalari bilan yangi elektropoyezdlar sotib olish uchun muzokaralar olib bormoqda, deb yozadi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi.

Xabarga ko’ra, “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ negizida umumiy sig’imi 240 o’rindiqdan iborat 5 o’rinli vagonni ta’mirlash va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur vagonlar vagonlar 2018-yil sentyabri oxirigacha “Sharq” poyezdlarida foydalanishga topshiriladi.

“Bundan tashqari, chiptalarni onlayn xarid qilish tizimini modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda”, deyiladi xabarda.

2018 yil 1-sentabrdan boshlab joylarni to’ldirish uchun arizalarni qabul qilish va safar hujjatlarini berish vaqtida pasport nusxasi talab qilinmaydi. Bunda tasdiqlangan ma’lumotlar ro’yxatini ikki nusxada belgilangan tartibda taqdim etish kerak.