“GM UZBEKISTAN” yana ikkita avtomobil modelini yetkazib berish muddatini qisqartirdi, deb yozadi kompaniya matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra, endilikda “Cobalt” (4 poz. AT) avtomobilining yetkazish muddati 84 dan 40 kalendar kuniga (60 dan 25 ish kuni) hamda “Malibu Turbo"ni 125 dan 60 kalendar kuniga (90 dan 45 ish kuni) qisqardi.

“Hurmatli xaridorlar, avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshirilgani hamda mijozlarga qulaylik yaratishni davom ettirgan holda „GM Uzbekistan“ avtomobilning yana ikkita modelini yetkazib berish muddatini qisqartirishga erishganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ushbu yangi qisqargan muddatlar avtomobil yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalarda ham huquqiy jihatdan ham qayd etiladi.

Kunlik tarzda yangilanib boradigan dilerlik korxonalari kesimida taqsimlanadigan avtomobillar ro‘yxati bilan havola orqali tanishish mumkin.

Ilgari Spot GM Uzbekistan’ning ochiq osmon ostidagi avtosalonlarida 2 kun ichida 100 dona avtomobil sotilgani haqida xabar bergan edi.