“O‘zavtosanoat” AJ monitoring vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar oqibatida GM Uzbekistan AJ “Humo Avtosavdo” MCHJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilayotganligini ma’lum qiladi, deb yozadi “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati.

Kelishuvni bekor qilinishiga quyidagilar:

  • GM Uzbekistan avtomobillari savdosida shaffoflik bo‘lmaganligi;
  • kompaniya tomonidan e’lon qilingan aksiyalarining munosib tashkil qilinmaganligi;
  • avtosalon tomonidan kelishuv shartlarining doimiy ravishda buzib kelinganligi;
  • avtosalon faoliyatidagi korrupsiya;
  • avtomobillarni yetkazib berishda sun’iy bronlash holatlari;
  • xaridorlarga mavjud avtomobillar xususida noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganlik;
  • rasmiylashtirishda amalga oshirilgan qonunbuzarlik kabi holatlar sabab bo‘ldi.

Shuningdek, avtosalon tozalik va gigiyena talablariga rioya qilmaganligi mijozlarning qulay sharoitlarda avtomobil xarid qilishiga to‘sqinlik qilgan.

Ilgari Spot GM Uzbekistan “Shaxrixon-Avto Ravon” AJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilgani haqida xabar bergan edi.