“O'zavtosanoat"da Sergey Kogogin boshchiligidagi “Kamaz” delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Natijada 2,6 mln $ lik shartnoma imzolandi.

Shartnomaning bir qismi sifatida “UzAutoTrailer” bazasida ishlab chiqarilgan yarim tirkamali va tirkamali uskunalar Rossiyaga eksport qilinadi. Bu haqda “UzAutoTrailer” uyushmasi bosh direktorining o’rinbosari O’tkir Rasulov Spot’ga ma’lum qildi.

“Rossiya shuningdek “O'zavtosanoat” tomonidan ishlab chiqarilgan komplektlovchi qismlar sotib olishga qiziqish bildirdi “, — dedi O’tkir Rasulov.

Uchrashuvda “O'zavtosanoat” va “Kamaz” vakillari “Kamaz Asia Center” qo’shma korxonasini tashkil etish to’g’risidagi hujjatlarni imzoladilar. U O’zbekistonda “Kamaz” brendini ilgari surish, dilerlik va xizmat ko’rsatish markazlarini rivojlantirish, qo’shma mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqish bilan shug’ullanadi.

“Toshkentda, Toshkent viloyatida va Farg’ona vodiysida servis markazlarimiz mavjud. Biz butun mamlakatni qamrashni va amaldagi markazlar sonini 10 dan 20 ga oshirishni rejalashtiranmiz” — deydi “UzAutoTrailer” direktorining o’rinbosari.

Ta’kidlanishicha, markazlar sifatli xizmat ko’rsatish, ehtiyot qismlari sotish, dilerlik markazlari xodimlarini sertifikatsiyalash bilan shug’ullanadi.