81 mlrd. so’mdan ziyod narxga baholangan mol-mulk xatlandi, deb yozadi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati.

Zomin tumanlararo iqtisodiy sudining 2018 yil 06 iyul hamda Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining 2018 yil 26 iyuldagi ijro varaqalariga asosan “ELEGANS TEKS” qo’shma korxonasidan soliq qarzdorligi uchun mos ravishda 2 mlrd. 935 mln. 617 ming 686 so’m va 616 mln. 40 ming. 415 so’m jami 3 mlrd. 551 mln. 658 ming so’m qarzdorning mol-mulkiga qaratish bo’yicha qaror chiqarilgan.

Shunga asosan, Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar davlat ijrosi tomonidan qarzdorning Jizzax shahar, Ko’tarma MFY, To’qimachilar ko’chasi, 7-uyda joylashgan “Ip yiguruv” fabrikasi xatlangan.

Mazkur bino mustaqil baholash kompaniyasi tomonidan 81 mrld. 599 mln. 970 ming so’mga baholangan.