Toshkent shahar hokimligi vakillari “Best Western” va “Yuco Alliance” kompaniyalari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Uchrashuvda poytaxtda uch yulduzli mehmonxona qurish istiqbollari muhokama qilindi.

“Best Western” standartlari bo‘yicha mehmonxona 120 nomerli bo‘lishi rejalashtirilgan. Sarmoyaning umumiy miqdori 5−6 million $ ni tashkil qiladi, moliyalashtirish “Yuco Alliance"ning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

“Best Western” qurilish va borishi, ish jarayoni standartlari bo‘yicha franshiza taqdim etadi.

Shu munosabat bilan kompaniyalar hokimlikdan qurilishga mos uchastkani tanlash va taqdim etishda ko‘mak so‘ragan. Poytaxt rahbariyati mehmonxonalarni qurish rejalarini ijobiy kutib olishdi, yordam ko‘rsatilishini aytishdi.