O‘zbekiston Ukrainada ishlab chiqarilgan dori-darmon vositalari importini to‘sib qo‘ydi, deb xabar beradi “Аpteka”, Ukraina tibbiyot va mikrobiologiya sanoati egalari tashkilotlari birlashmasi (TMSETB)ga asoslanib.

Birlashma ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi hafta davomida farmatsevtika mahsulotlari bojxonada turibdi, biroq O‘zbekiston bojxona xizmati ularga nega bojxona rasmiylashtiruvi olib borilmayotganiga izoh bermayapti.

Shu munosabat bilan TMSETB Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Stepan Kubivga ushbu vaziyatga aralashish va bu masalani hal qilish yo‘llarini ishlab chiqish uchun maslahat kengashi o‘tkazishni so‘rab murojaat qildi.

Birlashma, bojxona rasmiylashtirilishi jarayoni to‘xtab qolishi O‘zbekiston hukumatining Ukrainaga javobi degan fikrda, ya’ni Ukrainaga O‘zbekistondan yengil avtomobillar olib kirishga qarshi antisubsiditsion tekshiruvi bilan bog‘liq deb o‘ylashayapti.

Ilgari Spot Ukraina O’zbekistonning yengil avtomobillariga nisbatan subsidiyaga qarshi tekshiruvni olib borgani haqida xabar bergan edi. Tergov Ukraina “Ukravtoprom” avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmasining shikoyati asosida boshlangan.

Tekshiruv natijalariga ko’ra, komissiya shikoyatda O’zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchilarining O’zbekiston hukumati tomonidan subsidiyalar olishi va bunday subsidiyalardan muayyan foyda olishlari mumkinligini ko’rsatadigan yetarli ma’lumot bergani aniqlandi deya xabar berilgan.