“Chirchiq — Olmaota” yo‘nalishida 2018-yil 14-noyabr soat 17:00 dan muntazam xalqaro avtobus qatnovi amalga oshirila boshladi, deb yozadi Avtomobil transport agentligi matbuot xizmati.

Ushbu yo‘nalishda O’zbekiston tomondan tashuvchi “Uzavtotrans Servis” UK, Qozog‘iston tomonidan esa tashuvchi “O'rda” firmasi xizmat ko‘rsatadi. Yo‘lovchilar “VANHOL” avtobuslarida o‘z manzillariga yetkaziladi.

Yo‘nalishning masofasi 818,0 km., qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 16 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Yo‘l haqi tashuvchilar tomonidan Chirchiqdan Olmaotagacha — 150 ming so‘m, Olmaotadan Chirchiqgacha esa — 6 ming tenge qilib belgilandi.

Yo‘nalishdagi qatnov “Turkiston” (O'zbekiston), “Qazig‘urt” (Qozog‘iston) nazorat o‘tkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi.