“O‘zbekiston temir yo‘llari” ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
3-iyundan 94/93-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi harakatlanadi.
Poyezd amaldagi jadvali asosida harakatlanadi:
94-sonli Toshkent-Andijon yo‘nalishi
- Toshkent 06:07 — Andijon 13:17
93-sonli Andijon-Toshkent yo‘nalishi
- Andijon 16:51 — Toshkent 23:49
6-iyundan 128/127-sonli Andijon-Qo‘ng‘irot-Andijon yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezd harakati quyidagi jadval asosida yo‘lga qo‘yildi:
127-sonli Andijon-Qo‘ng‘irot yo‘nalishi haftaning har payshanba kunlari
- Andijon 19:42 — Qo‘ng‘irot 22:37
128-sonli Qo‘ng‘irot-Andijon yo‘nalishi haftaning har shanba kunlari
- Qo‘ng‘irot 6:45 — Andijon 10:28
Bundan tashqari, 3-iyun kunidan boshlab 129/130-sonli Andijon-Termiz-Andijon yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezd harakati boshlanadi.
Harakat jadvali quyidagicha:
129-sonli Andijon-Termiz yo‘nalishi haftaning har dushanba kunlari
- Andijon 16:24 — Termiz 12:55
130-sonli Termiz-Andijon yo‘nalishi haftaning har seshanba kunlari
- Termiz 15:25 — Andijon 13:49
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.
Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalari hamda havola orqali onlayn xarid qilish mumkin.
15-maydan poytaxtdan Qarshi, Buxoro hamda Samarqandga harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalariga yangi narx belgilandi. Xususan, ekonom-klass 20%, biznes-klass 30% va VIP klass 40%ga oshiriladi.