O‘zbekistonda Raqamli inklyuzivlik loyihasiga start berildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha mamlakatda raqamli inklyuziya asosida raqamli ish-joylarni yaratish, viloyatlardagi infratuzilmani rivojlantirish va raqamli eksportni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Jahon banki delegatsiya bilan o‘tkazilgan uchrashuvda uning doirasida amalga oshirish rejalashtirilgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi.
Xususan, 6 mingdan ziyod yoshlarni o‘qitish, 25 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, 11ta ITES (IT'ga asoslangan xizmatlar) markazlarini qurish va rekonstruksiya qilish, 200dan ortiq xorijiy va mahalliy ITES kompaniyalarini jalb qilish kabi yo‘nalishlarda ishlar amalga oshiriladi.
O‘tgan yilning noyabrida Jahon banki mazkur loyihani amalga oshirishga $50 mln miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qullagandi.
2029-yilga kelib, loyiha doirasida 15 ming kishi turdosh sohalarda ish topish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda. 9 mingga yaqin yoshlar, shu jumladan 4500 nafar ayollar va 360 nafar nogironligi bo‘lganlar ITES kompaniyalarida ish bilan ta’minlanadi.
Yil boshida prezidentga “raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oshirish rejalari bilan tanishdi. Yoshlar, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarda IT-xizmatlar ko‘rsatish ko‘nikmalari shakllantiriladi.