Endi oylik kartasini erkin tanlash mumkin. Banklar mijozlarini yo‘qotadimi?
Xalqaro bankir Aleksey Veretenov Spot’ga dunyo tajribasi, mijozlar qaysi banklardan ketishi va banklar ularni saqlab qolish uchun qanday xizmatlar taklif qilishi kerakligi haqida so‘zlab berdi.
Yangi uy sotib olishdan oldin nimalarni tekshirish kerak? Mutaxassislar fikri
Qurilish bosqichidagi uydan xonadon sotib olishdan oldin quruvchini, loyiha hujjatlari va shartnomani qanday tekshirish kerak? Spot ko‘chmas mulk bozori eksperti va yurist bilan xaridor mablag‘i hamda huquqlarini himoya qilish yo‘llarini ko‘rib chiqdi.
S&P O‘zbekistonning kredit reytingini BB+ darajasiga oshirdi
Agentlik bunga davlat korxonalari va energetika sohasidagi islohotlar, valyuta zaxiralarining o‘sishi hamda YIMning qayta hisoblanishini sabab qilib ko‘rsatdi.
O‘zbekistonda “maosh qulligi” bekor bo‘ldi: endi ish haqini istalgan bank kartasiga o‘tkazish mumkin
Buning uchun xodim buxgalteriyaga o‘z kartasi rekvizitlarini taqdim etsa kifoya, tizimda alohida ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi.
Markaziy bank yangi energiya tariflarini oldindan e’lon qilishni taklif etdi
Bu aholi va korxonalarga xarajatlarini rejalashtirish hamda inflyatsion kutilmalarni barqarorlashtirishga yordam beradi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- OTP Bank Ipoteka-bank'ning qolgan 17,5% davlat ulushini sotib oladi
Bankning moliyaviy ko‘rsatkichlari va iqtisodiy sharoitlar o‘zgargani sababli dastlabki shartnomaning ayrim bandlari qayta ko‘rib chiqilgan. - ID-karta, pasport va haydovchilik guvohnomalari yangi alifboda beriladi — loyiha
Adliya vazirligi takomillashtirilgan o‘zbek alifbosiga o‘tish tartibini belgilovchi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi. - Emirates O‘zbekistonga reyslar ochish imkoniyatini o‘rganmoqda
Uzbekistan Airports rahbariyati Emirates Group vakillari bilan uchrashib, yangi reyslarni ochishda aviakompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini taqdim etdi. - Beeline egasi O‘zbekistonda bank litsenziyasini olishni rejalashtirmoqda
Kompaniya yangi bank tashkil etish yoki mavjud bankni sotib olish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. - Barcha poyezd va ichki aviareyslar jadvali bir oyda qayta ko‘rib chiqiladi
Kichik aviatsiyani rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlanadi. Kelasi yildan har bir hududda kamida bitta manzilda havo shari, paraplan yoki deltaplan xizmati yo‘lga qo‘yiladi. - Muddatidan oldin pensiyaga chiqish uchun taqdimnomani endi onlayn olish mumkin
Xizmatdan tashkilot tugatilgani yoki ish o‘rni qisqargani sababli ishdan bo‘shatilgan fuqarolar bepul foydalanishi mumkin. - O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
Bir tashrif davomida 30 kungacha, yiliga jami 180 kungacha vizasiz bo‘lish mumkin. - Banklar fuqarolar va tadbirkorlarga naqd pul berishni uzluksiz ta’minlaydi
Banknotlardagi barcha yozuvlar lotin alifbosida bo‘lishi kerak. Yangi pul belgilari muomalaga chiqarilishidan kamida bir hafta oldin aholi xabardor qilinadi. - “Yo‘l ochilsa, tannarx tushadi” — issiqxonachilar ko‘mir importiga ruxsat so‘radi
Issiqxonachi Xurshid Ahmedovning aytishicha, Qozog‘istondan $40 ga olib kiriladigan ko‘mir issiqxonalarga yetib borguncha $110 ga qimmatlashmoqda. - Markaziy bank yana 4 ta bankka islomiy bank faoliyati uchun litsenziya berdi
Ipak Yuli Bank, Asia Alliance Bank, Orient Finans va Hayot Bank tegishli huquqqa ega bo‘ldi. - Avtomobil bozorida Chevrolet ulushi kamaydi, BYD’niki esa deyarli ikki baravarga oshdi
Yil boshidan beri yangi yengil avtomobillar savdosi 6,5% ga kamaydi, Xitoy brendlari esa deyarli 1,5 barobar o‘sdi. - Saida Mirziyoyeva Kanada elchisi bilan viza tartibini yengillashtirish masalasini muhokama qildi
Tomonlar, shuningdek, savdo, investitsiya va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.




