Tashqi savdo vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning eksport mavzusidagi murojaatlarini tun-u kun qabul qilish rejimi yo’lga qo’yildi.

Xabarga ko’ra, ushbu qaror tashqi savdo sohasining jadal sur’atlar bilan rivojlanayotganini inobatga olgan holda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar va kompaniyalarga tezkor va sifatli qo’llab-quvvatlash xizmatini ko’rsatish maqsadida qabul qilindi.

Kunduzgi ish vaqtida murojaatlar vazirlik kotibiyati, kechki paytda esa navbatchi xodimlar tomonidan qabul qilinadi. Murojaatlarni www.mft.uz rasmiy veb-sayti, info@mft.uz elektron manzili, +998 71 238 50 00 telefon raqami orqali yuborish mumkin.

2018-yil yanvar-noyabr oylarida Tashqi savdo vazirligi tomonidan 179 ta, shu jumladan jismoniy shaxslardan 130 ta, yuridik shaxslardan 49 ta murojaat ko’rib chiqildi.