“SamMobile"ning profil resursi Samsung Galaxy S10 va Galaxy F bukiluvchan smartfonlar haqida yangi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Galaxy S10

Manbada keltirilishicha, Galaxy S10 uch xil varinatda chiqariladi va faqat ularning ikkitasida ekran ostida barmoq izi skaneri bo‘ladi. Ya’ni 5,8-dyuyli ekran va SM-G973x raqamli model Galaxy S10 hamda 6,44 dyuym va SM-G975x raqamli model Galaxy S10 Plusda o‘rnatiladi.

Ekranosti bo‘lmagan 5,8-dyuymli Galaxy S10 Lite (SM-G970x) sensorida esa yon tomoniga barmoq izlarining daktiloskopik skaneri joylanadi. Mazkur model shuningdek, oddiy OLED-ekran bilan ta’minlanadi, shunda eski versilardagi kabi Infinity-displeylar bukilgan bo‘ladi. Flagmanning uchchala modeli ham yashil, sariq, qora va oq ranglarda chiqariladi. Shuningdek, gradiyent bo‘yoqli versiyani ham chiqarish ehtimoli ham bor.

Galaxy F

Bukiluvchi Galaxy F smartfonlari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, uning versiyalari SM-F900U, SM-F900 °F vaSM-F900N raqamli model nomlariga ega bo‘lishdi. Ular turli tavsif va displeydagi har-xil versiya bo‘lishmaydi, balki turli maishiy bozor uchun oddiy variantlardir.

Shuningdek, apparat 512 GB xotiraga ega va kumush hamda qora ranglarda chiqariladi. Samsung Galaxy S10 va Galaxy F 2019 yil fevral oyida taqdim etilishi kutilmoqda.