Prezidentning ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb yozadi Huquqiy axborot kanali.

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan o‘simlik yog‘i (paxta yog‘i) uchun aksiz solig‘i undirilmaydi.

Shuningdek, texnik chigit endilikda mulkchilik shaklidan qat’i nazar paxta chigitini qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatiga va tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan mahalliy korxonalarga ham sotilishi mumkin.

Ilgarigi tartibga asosan texnik chigit faqat “O‘zpaxtayog‘” AJning yog‘-moy korxonalariga va 23 ta hududiy boshqa korxonalarga sotilar edi.

Bundan tashqari endilikda paxta chigiti sheluxasi va shroti birja savdolarida erkin sotiladi. Muqaddam bunday tovarlar birja ustamalari va hajmlarni taqsimlash tartibi saqlangan holda sotilgan.