19−21 noyabr kunlari O’zbekiston turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsion forumni o’tkazdi.

Forum doirasida Investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasi va Singapurning Universal Success Enterprises kompaniyasi Toshkent viloyatida “Aqlli shahar” ni qurishni nazarda tutadigan memorandumni imzoladilar, deya qo’mitaning matbuot xizmati Spot’ga xabar berdi.

Universal Success Enterprises loyihaga 2,5 milliard $ miqdorida sarmoya kiritishi kutilmoqda. Loyiha 2019−2021 yillarda amalga oshiriladi.

Universal Success Enterprises kompaniyasi aqlli va sanoat shaharlarining qurilishi bo’yicha katta tajribaga ega. Xususan, kompaniya 152 gektarlik Kolkata West International City shaharchasi va Hindistonning 400 gektarlik hududida joylashgan Dholera Special Investment Region hududini barpo etgan.