Prezident “Alohida turdagi tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullarini joriy etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.

Qarorga muvofiq, 2019 yilning 1 avgustidan boshlab, tovarlar toifasidan kelib chiqib, import qilinadigan va respublikada ishlab chiqariladigan tovarlarni himoyalangan belgi va (yoki) nano-molekulyar texnologiyadan foydalangan holda majburiy markirovkalash bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • majburiy markirovkalash joriy etilgan sanadan boshlab, mazkur qarorning ilovasida ko‘rsatilgan suv, spirtli ichimliklar, sigaretlar, kosmetik vositalar, benzin kabi 54 turdagi tovarlarni O‘zbekiston hududida markirovkasiz sotish taqiqlanadi;
  • Markirovkalanishi majburiy bo‘lgan tovarlar guruhlari ro‘yxatiga yangidan qo‘shilgan tovarlarni, ushbu tovarlar ro‘yxatga kiritilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida markirovkasiz sotilishiga ruxsat etiladi;
  • mazkur qarorga ilovada ko‘rsatilgan, shu jumladan, aksizli tovarlarni markirovkalashga doir xizmatlarni bevosita markirovkalash bo‘yicha xizmatlar yagona yetkazib beruvchisidan sotib olish xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.