Konstitutsiya qabul qilingan sana munosabati bilan GM Uzbekistan kompaniyasi ilk bor bir qator modellarga (Chevrolet Malibu va Lacetti) bayram chegirmalarini e’lon qildi.

Xabarga ko’ra, avtomobillar soni chegaralangan bo’lib, faqat 6, 7 va 8 dekabr kunlari xaridorlar respublikaning barcha dilerlik markazlarida GM Uzbekistan avtomobillarini qulay shartlarda xarid qilishlari mumkin.

“Bunda oldindan 100 foiz to‘lovni amalga oshirgan xaridor Chevrolet Malibu avtomobili uchun 9 061 866 million so‘mgacha, Lacetti uchun 3 858 136 so‘mgacha chegirmaga ega bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mamlakatimizdagi dilerlik markazlarining manzillari hamda shartnoma tuzish uchun mavjud avtomobillar ro‘yxati bilan GM Uzbekistan rasmiy saytining Uzavtosavdo bo‘limi orqali tanishish mumkin.

Ilgari Spot GM Uzbekistan 2019 yildan Malibu Ishlab chiqarishni to’xtatishi haqida xabar bergan edi.