GM Uzbekistan 2019 yildan Malibu avtomobillari ishlab chiqarish to’xtatilishini ma’lum qildi.

“Hurmatli xaridorlar, modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyasiga muvofiq Chevrolet Malibu avtomobillarining hozirgi avlodi ishlab chiqarishdan to‘xtatiladi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ushbu modeldagi avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar tuzish 2018 yilning 31 dekabriga qadar davom etadi.

GM Uzbekistan dilerlik korxonalari bilan birgalikda xaridorlar oldidagi majburiyatlari bajarilishini to‘liq ta’minlaydi hamda avval shartnoma tuzgan xaridorlarga avtomobil to‘liq hajmda yetkazib beriladi.