Migratsiya agentligi Slovakiyaning Penta Hospitals International kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik shifokorlar, oliy ma’lumotli hamshiralar va tibbiyot og‘alarini Chexiya, Slovakiya va Polshada ishlashga taklif qilmoqda.
Loyihada rus tilida erkin muloqot qila oladigan, so‘nggi ikki yil ichida tibbiyot oliy ta’lim muassasasining hamshiralik yo‘nalishini tamomlagan mutaxassislar hamda shifokorlar ishtirok etishi mumkin.
Saralangan nomzodlar Migratsiya agentligining “Intil” xalqaro markazida uch oy davomida chex, slovak va polyak tillarini o‘rganadi.
O‘qish va turar joy xarajatlari agentlik tomonidan qoplanadi. Shuningdek, viza hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.
O‘quv jarayonlari 2026-yil noyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan. Viza rasmiylashtirish ishlari til kurslari bilan bir vaqtda olib boriladi.
Loyiha doirasida shifokorlarga oyiga 2200 yevro, hamshiralar va tibbiyot og‘alariga esa 1800 yevrodan boshlanadigan ish haqi taklif etilmoqda.
Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Avvalroq Spot o‘zbekistonliklar AQSHda mavsumiy ishlash uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi haqida yozgandi.
Nomzodlar 12 haftalik dasturda ingliz tili, qishloq xo‘jaligi texnikasini boshqarish, uskunalarni ta’mirlash, payvandlash va mehnat xavfsizligini o‘rganadi.