2019 yilning 10−15 sentyabr kunlari Qo’qon shahrida bo’lib o’tadigan Xalqaro hunarmandchilik festivali logotipi uchun tanlov e’lon qilindi.

Tanlovda professional reklama kompaniyalari, agentliklar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar (frilanserlar, hunarmandlar, talabalar va h.k) ham ishtirok etishi mumkin.

“Logotipning o’ziga xos versiyasini ishlab chiqing va ta’rifini qisqacha bayon eting”, deyiladi xabarda.

Tanlovning mukofot fondi: birinchi o’rin uchun 7 million so’m, ikkinchi o’rin uchun 2 million so’m, uchinchi o’rin uchun 1 million so’mni tashkil etadi.

Eng yaxshi deb topilgan 3 ta variant festivalning tashkiliy qo’mitasi e’tiboriga taqdim etiladi. Tanlovga taqdim qilingan materiallar 2018 yilning 14 dekabr soat 14 00 gacha qabul qilinadi.

2019 yilning 15 yanvar kuni g’olib e’lon qilinadi va uning logotipi festival ramziga aylanadi.

Tanlov shartlari va texnik topshiriqlari bilan ilova orqali tanishib chiqish mumkin.

Grafik fayl va ta’rif matnini, shuningdek, muloqot uchun ma’lumotlarni elektron pochtaga jo’natiladi.