Ucell kompaniyasining v.b. bosh direktori etib Vladimir Kravchenko tayinlandi, deyiladi kompaniya rasmiy saytida.

Kravchenko 1985 yilda tug’ilgan. Toshkentdagi Xalqaro vestminster universitetini tamomlagan. 2017 yilning mart oyida Uzmobile bosh direktori etib tayinlangan, ungacha kompaniyaning tijorat direktori lavozimida faoliyat olib borgan. 2018 yilning may oyida Uzmobile boshqaruvini tark etdi.

Ucell kompaniyasini 2014 yilning 15 sentyabrdan Yevrosiyo hududida texnologiyalar bo‘yicha Vitse-prezident lavozimida faoliyat olib borgan Tonu Gryunberg boshqarib kelgan. Gryunberg boshqaruvni “Telia” o’z ulushini Davlat raqobat qo’mitasiga 215 million $ ga sotgandan so’ng tark etdi.

Ucell 1996 yilda Coscom brendi ostida tashkil etilgan. 2007 yil iyul oyida “TeliaSonera” Coscom kompaniyasining asosiy aktsiyadoriga aylandi. 2008 yil iyun oyida operator Ucell brendi ostiga o’tdi. 2G operator tarmog’i O’zbekiston hududining taxminan 97%ini, 3G — 60%ini qoplaydi. Abonentlar soni 7,1 millionni tashkil etadi.