Ucell brendining 94% ulushiga ega bo’lgan shved-fin “Telia” kompaniyasi Ucellda, Davlat raqobat qo’mitasiga o’z ulushini sotganini ma’lum qildi.

Mazkur bitimning qiymati 215 mln $ ni tashkil etadi, Davlat raqobat qo’mitasi mobil aloqa operatorining ulushini qarzsiz qo’lga kiritdi.

“Bu bizning Yevroosiyo mamlakatidan olib chiqishni va shimoliy hududlardagi konsentrasiyani ta’minlaydigan siyosatimiz doirasidagi beshinchi bitimdir. Men „Ucell“ xodimlariga rivojlantirishda o’z hissalarini qo’shganliklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman va kompaniyani rivojlantirishning navbatdagi bosqichida ularga eng yaxshi tilaklarimni tilayman”, — dedi “Telia” prezidenti va ijrochi direktori Yoxan Dennelind.

Ucell 1996 yilda Coscom brendi ostida tashkil etilgan. 2007 yil iyul oyida “TeliaSonera” Coscom kompaniyasining asosiy aktsiyadoriga aylandi. 2008 yil iyun oyida operator Ucell brendi ostiga o’tdi.

2G operator tarmog’i O’zbekiston hududining taxminan 97%ini, 3G — 60%ini qoplaydi. Telia kompaniyasi ma’lumotlariga ko’ra, abonentlar soni 7,1 millionni tashkil etadi.