Amirsoy tog‘-chang‘i kurorti O‘zbekistonda qurilayotgan eng yirik turistik obyektlardan biridir. Loyiha mamlakatimizdagi birinchi tog‘li kurort bo‘lib, unda mijozlarga kulay, xavfsiz va sifatli, jahon talablari darajasida xizmat ko‘rsatiladi.

Kurort direktori Xose Antonio Karniser so’zlariga ko’ra, ushbu dam olish maskani Yevropa talablari darajasidagi kurortlardan biri bo‘ladi. Ikkinchidan, joylashuv. Amirsoy Toshkent shahri, shu bilan birga, aeroportga yaqin hududda joylashgan. Uchinchidan, eng katta yutug‘imiz bu — chang‘i uchishga juda mos keluvchi qor qatlamidir.

Qurilish ishlariga eng ilg‘or va innovatsion texnologiyalar jalb qilingan kurort loyihasi uch bosqichda amalga oshiriladi.

15 dekabrda birinchi bosqich yakunlanib, shu kunning o‘zida Amirsoy dam olish maskanining ochilishi rejalashtirilgan edi. Biroq yuzaga kelgan qiyinchiliklar tufayli kurort ochilishi suriladi. Amirsoy direktori o’rinbosari Kim Valera Viktorovich elektr uzatish liniyalarini qurish va elektr energiyasi bilan uzluksiz elektr ta’minoti qurilishi tugallangani haqida xabar oldi.

Tog’li hududning o’ziga xos xususiyatlari, ob-havo va shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, kurortga kirish yo’lining qurilishida biroz o’zgarishlar sodir bo’lgan. Shu bilan birga, mavjud muammolarni bartaraf etish uchun jalb qilingan idoralar va tashkilotlar tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

“Xususan, joriy yilning 7 dekabrida qurilishning birinchi bosqichiga muvofiq chang’i kompleksiga olib boradigan yo’lni qurish bo’yicha tayyorgarlik ishlarining 92%i yakunlangan”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ushbu qiyinchiliklarga qaramasdan, avstriyalik ishlab chiqaruvchilar va magistral yo’l quruvchilari 2019 yil yanvarida suyanchiqli kanat yo’li va 2019 yilning yanvar oyi oxirida gondol kanat yo’lini ishga tushirishni rejalashtirmoqdalar. Boshqa qurilish ishlari ham bunday qiyin sharoitlarda davom ettiriladi.

Kompaniya nemis, avstriya va fransuz ishlab chiqaruvchilaridan allaqachon qor avtomobillari, qor mototsikllari, snovbordlar sotib olgan. Dam olish maskanining ishga tushirilishi bevosita ob-havo sharoitlariga bog’liqligini alohida ta’kidlab o’tildi.