Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko’ra, ko‘krak nishoni bilan xalq ta’limi sohasida fidokorona mehnat qilgan hamda xalq ta’limi sohasiga rivojiga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Nishon har yili O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida Xalq ta’limi vaziri tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

Shuningdek, nishon bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.