Ishbilarmon Alisher Usmonov “Forbes” nashrining Rossiyadagi nashriga bergan intervyusida O’zbekistondagi roli, Shavkat Mirziyoyevga bo’lgan munosabati va kelajakka oid rejalari haqida gapirdi.

O’zbekistonga kiritayotgan investitsiyalari xususida

Avgust oyida Alisher Usmonov “Arsenal” futbol klubidagi o’z hissasini 550 million funt sterlingga sotdi. Forbes muxbiri tadbirkor bu pullarni qayerga sarmoya kiritmoqchi ekani haqidagi savolga, Usmonov Toshkentdagi (Spot tahriri) Islom markaziga sarmoya kiritganini aytdi.

Qurilish byudjetidagi 100 million $lik hissamdan tashqari, fondimiz orqali O’zbekistonning qishloqlarini rivojlantirishga investitsiya kiritamiz. Jahon banki bilan O’zbekiston hukumati o’rtasida qo’shma dastur mavjud. Dastur loyihalaridan biri — qishloqlarni, shu jumladan vatanim — Namangan shahridagi makonlarni rivojlantirishdan iborat. Ushbu loyihaga jami 100 million $ sarmoya kiritamiz.

Sport va investitsiya loyihasi ham bo’ladi. Kelgusi yil oxiriga qadar O’zbekistonga jami 300−400 million $ miqdorida sarmoya kiritiladi. Men faqat ijtimoiy sohalarga sarmoya kiritaman.

O’zbekistondagi roli haqida

Forbes: Sizning sobiq sherigingiz Bidzina Ivanishvili ham o’z vatani Gurjistonga ketdi. U yerda hokimiyatni muvaffaqiyatli ushlab turgan partiyani yaratdi, xayriya ishlarini amalga oshirib, ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirmoqda. O’zbekistondagi rolingiz Ivanishvilining Gurjistondagi o’rni bilan bir xil bo’ladimi?

Yo’q, yo’q, bu umuman boshqa hikoya. Borya Rossiya fuqaroligidan voz kechdi. Men esa avvalo Rossiya fuqarosiman. Menga investor yoki hatto sherik sifatida pul topish kerak bo’lgan ba’zi biznes loyihalar bilan shug’ullanish qiziqarli emas va men buni xohlamagan bo’lar edim.

Biroq, boshqa investorlar ishonchini qozonish uchun pul sarflash zarur bo’lsa, ular tavakkal qilishdan qo’rqmasliklari uchun men bunga tayyorman. O’zimni O’zbekiston rahbariyatining yordamchisi deb hisoblayman.

Forbes: Maslahatchi, konsultant sifatidami?

Yo’q, qanaqa maslahatchi? Men doimo u yerda ishlayapman va prezident Mirziyoyevning mamlakatda boshlangan islohoti muvaffaqiyatli yakunlanishi men uchun juda muhimdir. O’zbekistonning kelajagi uning yutug’iga bog’liq — bu hodisaga esa befarq emasman.

Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston uchun qanday yaxshi ishlar qilganligi haqida

Birinchidan, u dunyoni Markaziy Osiyoga qaytardi. Bu Markaziy Osiyodagi barcha rahbarlar tomonidan e’tirof etilgan. Bu juda muhim. Avvalgi boshqaruv davrida adovatga olib kelgan juda keskin vaziyat yuzaga keldi: do’stona qo’shni davlatlar — Tojikiston, Qirg’iziston chegaralari minalandi. O’zbekistonning avvalgi pozitsiyasi tufayli tinchlikka erishish qiyin edi.

Ikkinchidan, u Vashington va Moskva bilan teng do’stona munosabat olib bormoqda. Uchinchidan esa, O’zbekiston Afg’onistondagi tinchlik masalasini samarali hal etish uchun xalqaro maydondagi rolni o’ynay boshladi.

Bir so’z bilan aytganda, jamiyat, davlat va iqtisodiyot qayta tashkil etilmoqda.

Forbes: Demak, mamlakatda demokratsiyalash jarayoni ketmoqda desa bo’ladi?

Bu to’g’ri emas. Men bu so’zni yoqtirmayman. Demokratiya o’zi nima? Bu xalqning o’z hokimiyatlarini saylab qo’yilganlarga o’tkazish huquqidir. Va keyinchalik bu tanlanganlar ba’zan qolgan umri davomida uni boshqaradi. Prezident Mirziyoyev xalqning to’la ishonchni qozondi va men bu ishonchi oqlashiga ishonaman.

O’zbekistondagi biznesi haqida

Men Rossiyada ham, O’zbekistonda ham biznes bilan shug’ullanishni istamayman. Bugungi kunda 80% vaqtimni Xalqaro qilichbozlik federatsiyasini boshqarishga sarflamoqdaman. 9 dekabr kuni biz 105 yoshga to’lamiz va biz federatsiyani tashkil etgan shahar — Parijda yubileyni nishonlaymiz.

Tadbirga barcha olimpiya chempionlari, barcha ko’pkarra jahon chempionlari, barcha federatsiyalarni va jahon sport rahbarlarini taklif qilamiz. Bunday tadbirni o’tkazish uchun juda ko’p ishlar talab etiladi.

O’zbekistondagi imkoniyatlar haqida

Forbes: YouTube’da sizning jiyaningiz Sarvarning to’yidan video lavhalar bor. Siz mehmonlar orasidagi yoshlarga quyidagi so’zlarni aytdingiz: sizlar uchun barcha yo’llar ochiq, prezident sizga yordam beradi, faqat qabul qilib uni bajaring. Agar Fattoh [Shodiev] va Iskander bilan[Mahmudov] bir vaqtlar bunday imkoniyatlarga ega bo’lganimizda, biz dunyoni tubdan o’zgartirgan bo’lar edik.

Ha, shunday degan edim. Hozirgi kunda biznes uchun barcha imkoniyatlar mavjud. O’zbekiston xalqi dono, menimcha, bu imkoniyatlardan foydalanadilar. Men esa qo’limdan kelganicha yordam beraman.

To’liq intervyu Rossiyaning Forbes saytida mavjud.