Chilonzor tumanida barpo etilayotgan muz saroyi 1, 5 trillion so’mga baholanmoqda. Bu haqda Vazirlar mahkamasining “Toshkent shahrini infratuzilmaviy rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida keltirilgan.

Chilonzor tumanida barpo etilayotgan loyihani “Wind Rose” kompaniyasi amalga oshirmoqda.

Loyiha umumiy qiymati 1,5 trillion so’m, shundan 185,0 million $ xorijiy investitsiyalar hisoblanadi.

Shuningdek, qarorda xorijiy investitsiyalar ishtirokida Toshkent shahrida amalga oshiriladigan 57 ta loyiha keltirilgan, ular orasida:

  • mehmonxonalar;
  • savdo markazlari;
  • avtoturargohlar;
  • biznes markazlar;
  • turar-joy majmualari;
  • zargarlik buyumlari ishlab chiqarish;
  • kasalxona;
  • tibbiy markazlar;
  • IT, astronomiya va aeronavtika, shuningdek madaniyat va istirohat bog’lari barpo etilishi o’rin olgan.