Fyermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlari maqbullashtiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida keltirilgan.

Qaror bilan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish bo‘yicha respublika, viloyat hamda tuman ishchi guruhlari tarkibi tasdiqlandi.

Eksperiment tariqasida fermer xo‘jaliklari uchun yer uchastkalari ochiq tanlov yakuniga ko‘ra yer uchastkalarini berish masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasi hamda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga binoan xalq deputatlari tuman Kengashining qarori asosida qabul qilingan tuman hokimining qarori bo‘yicha beriladi.

Fermer xo’jaliklariga yer uchastkalarini ajratish uchun o’tkaziladigan ochiq tanlov 10 kundan oshmasligi lozim.

Yer uchastkalari:

  • bir gektar yer maydoni uchun paxta-g‘allachilik loyihasiga 2 ming $ ekvivalenti miqdorida;
  • sabzavot-g‘allachilik, bog‘dorchilik-uzumchilik, sabzavot-polizchilik loyihalariga 5 ming $ ekvivalenti miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadigan talabgorlarga va klaster korxonalariga tuman sektor rahbarining tavsiyasiga ko‘ra tanlov o‘tkazmasdan tuman hokimining qaroriga asosan yer uchastkalari ajratiladi.