Samsung kelgusi oyda Galaxy S10 flagmanini e’lon qilishni rejalashtirmoqda, u kompaniyaning ekranning quyi qismida barmoq izlari skaneri joylashgan birinchi smartfoniga aylanadi. Ma’lum bo’lishicha, ushbu texnologiya yaqinda ishlab chiqaruvchining boshqa qurilmalarida ham namoyon bo’ladi. Bu haqda “DigiTimes” ma’lum qildi.

Samsung 2019 yilda shu turdagi barmoq izlari skaneri bilan uchta Galaxy A smartfonini ishga tushirmoqchi. Tahmin qilinishicha, qurilmalar Galaxy A50, Galaxy A70 va Galaxy A90 deb nomlanadi.

Ta’kidlanishicha, kompaniyada sensor yetkazib beruvchilar mavjud bo’lib, Samsung hozirda uskunalarni ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda. Bu joriy yilning ikkinchi choragida boshlanadi.

Uchta qurilma bilan bir qatorda koreys ishlab chiqaruvchisi oltita Galaxy A smartfonini chiqaradi. Ular yon tarafdan barmoq izlari skanerlariga, ba’zilari esa “Time of Flight (ToF)” texnologiyali ikkita kameraga ega bo’ladi.