Markaziy bank xorijiy valyutalarning so’mga nisbatan quyidagi qiymatlarini belgiladi:

  • Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 6 so‘mga ko’tarilib, 8 384 so‘mni tashkil qildi.
  • Yevro 50 so’mga ko’tarilib, 9 568 so‘mni tashkil qildi.
  • Rossiya rubli 0,76 so’mga ko’tarilib, 127 so‘mni tashkil qildi.

So’mning AQSH valyutasiga nisbatan keskin qadrsizlanishi sentyabr oyi o’rtalarida boshlandi (dollar 176 so’mga qimmatladi). Markaziy bankda dollar kursining ko‘tarilishiga izoh berdilar. Dekabrning boshida O’zbekistonda dollar kursi 4 oy davomida birinchi bor pasaydi.

Ilgari Spot yangi tahrirdagi valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun loyihasi to’liq tayyorlangani va O‘zbekistonda bank islohoti: davlat ulushini qisqartirib, xorijiy banklar sonini ko‘paytirish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.