2019 yilning 2 fevral kuni Toshkent shahar hokimligi binosida navbatdagi “Investor kuni” tadbiri bo‘lib o‘tadi, deb yozadi hokimlik matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra, ushbu tadbirda tadbirkorlarning sanoat sohasidagi investitsiya loyihalari va takliflari ko‘rib chiqiladi.

“Boshqa sohalarda (xizmat ko‘rsatish, uy-joylar qurilishi va boshqalar) amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari kelgusi xaftalarda bo‘lib o‘tadigan „Investor kuni“ tadbirlarida ko‘rib chiqiladi. Tadbir o‘tkaziladigan aniq sana haqida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.

Tadbirkorlar “Investor kuni” tadbirida ishtirok etishlari uchun arizani investitsiya loyihasi haqida to‘liq ma’lumotlar bilan to‘ldirishni hamda tegishli fayllarni (rasmlar, chizmalar va illyustratsiyalar) ilova qilishlari kerak bo’ladi.

Havola orqali tadbirda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Arizalar joriy yilning 31 yanvar kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.