“O'zbekiston havo yo’llari” joriy yilda uchta yangi yo’nalishga qatnovni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lumotga ko’ra quyidagi yo‘nalishlarida qatnovlar ochilishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda:

  • Tbilisi;
  • Myunxen;
  • Karachi.

Shuningdek, 2018-yilning may oyida to‘rtta “Boeing -787” Dreamliner samolyotidan biri keltirildi. 2019−2020 yillarda yana uchta havo kemasi olib kelinadi va “Toshkent-Sharqiy” aeroporti barpo etiladi.

So‘nggi uch oy mobaynida 3ta yangi yo‘nalish — Mumbay, Vladivostok va Jidda shaharlariga muntazam qatnovlar o‘zlashtirildi.