Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalar narxlarini yangiladi:

  • oltin tanga — 13,7 million so’m;
  • kumush tanga — 265 ming so’m.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda.

Ilgari Spot xabar berganidek, bir hafta davomida qariyb 3 mingta kumushdan tayyorlangan esdalik tangalar sotilgan edi.