Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning yanvar oyida oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 122 nafar jismoniy shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtmasdan noqonuniy tarzda tadbirkorlik faoliyatini yuritib kelayotganligi aniqlandi, deb xabar beradi qo’mita matbuot xizmati.

xabarga ko’ra, ularga tegishli boʻlgan jami 76 mln. 896 ming soʻmlik mahsulotlar rasmiylashtirilib, vaqtinchalik saqlovga olindi.

Shoʻrchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro H.Sh. hech qanday hujjatlarsiz avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanayotganligi, ushbu tumandagi yana bir fuqaro Q.I. esa noqonuniy tarzda oziq-ovqat mahsulotlari savdosini amalga oshirib kelayotganligi aniqlangan.

Har ikki holat boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirilib, ularning 5 mln. 609 ming soʻmlik mahsulotlari daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik saqlovga olingan.