Markaziy bankning to’lov tizimlari sharhiga ko’ra, O’zbekistonda 2019 yilning 1 yanvar holatiga bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar jami soni 7 959 107 ta bo‘lib, shundan yuridik shaxslar soni 359 770 tani tashkil etgan bo‘lsa, jismoniy shaxslar soni esa 7 599 337 tani tashkil etdi.

2018 yil 1 yanvar holatiga (4 453 240 taga) nisbatan bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar jami soni 178,7%ni, mos ravishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soni (227 879 taga) 157,9% ni hamda jismoniy shaxslar soni (4 225 361 taga) nisbatan 179,9% ni tashkil qilganligidan dalolat beradi:


2018 yil davomida Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan operatsiyalar summasi 2017 yilga nisbatan 32% ga ortib, 845,6 trln. so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi orqali xizmatlar bo‘yicha real vaqt rejimida 2017 yil mobaynida 5 181,3 mlrd. so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan bo‘lsa, 2018 yil mobaynida to‘lovlar summasi 2017 yilga nisbatan qariyb 2 barobarga ortib, 10 154,9 mlrd so‘mga yetdi.