Spot ilgari xabar berganidek “ProgressGorTex” MCHJning (Rossiya Federatsiyasi) O‘zbekistonda tashkil etiladigan sho‘'ba xo‘jalik jamiyati “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “O‘zbekko‘mir” AJ ustav kapitalidagi 45% miqdoridagi aksiyalari turkumining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etish bo’yicha hujjat prezident tomonidan imzolandi.

Qarorga muvofiq, “O‘zbekko‘mir"AJga istisno tariqasida, aksiyalarni ishonchli boshqaruvga topshirilishiga qadar, “ProgressGorTex” MCHJ bilan kelishgan holda tegishli ravishda ekspertizadan o‘tkazilgan kon-transport va yordamchi texnika, texnologik uskunalarni tender savdolari o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi.

Endilikda, ko‘mirlar narxi operatsion sarflar, kapital xarajatlar va 10 foizdan kam bo‘lmagan rentabellik darajasi asosida shakllantiriladi, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari qayta ko‘rib chiqilishi bilan uyg‘un ravishda qayta ko‘rib chiqiladi.

Prezident 5 mart kuni ko‘mir qazib olish tarmog‘ini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha o’tkazgan yig’ilishda Moliya va Energetika vazirliklariga ko‘mir narxi tariflarini optimallashtirish, tarmoqning rentabelligini oshirib, investitsiya xarajatlarini qoplash bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.