“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq:

  • “ProgressGorTex” MCHJning (Rossiya Federatsiyasi) O‘zbekistonda tashkil etiladigan sho‘'ba xo‘jalik jamiyati “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “O‘zbekko‘mir” AJ ustav kapitalidagi 45 foiz miqdoridagi aksiyalari turkumining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etiladi;
  • ishonchli boshqaruv davrida “O‘zbekko‘mir” AJning tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyati sifatida saqlab qolinadi.

“O'zbekko'mir” AJ huquqiy maqomi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 21 iyundagi qaroriga muvofiq, 1994 yilda SSRI Ko’mir sanoati vazirligi “O'rtaOsiyoko'mir” Ishlab chiqarish birlashmasi negizida tashkil qilingan “Ko'mir” Aktsiyadorlik birlashmasidan qayta tashkil qilish orqali belgilangan. Har yili “O'zbekko'mir” AJ 3 mln. tonnadan ortiq ko’mir qazib oladi. Elektr-energetika sektori ko’mir yonilg’isining asosiy iste’molchisi bo’lib, umumiy ko’mir iste’molining 85 foizidan ortig’i ushbu tarmoq hissasiga to’g’ri keladi. Sanoat korxonalari, ijtimoiy va kommunal xo’jalik sohasi, aholi ham qattiq yonilg’iga talabni yuzaga keltiradi.