1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Payshanba kuni bank bo‘limlarida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi. Bular:
- Agrobank;
- APEX BANK;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- O‘zmilliybank;
- Orient Finance bank;
- Tenge bank;
- Trastbank;
- Anorbank;
- Hayot bank;
- O‘zsanoatqurilishbank;
- Asakabank;
- Xalq banki;
- Mikrokreditbank;
- Turonbank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Bunda ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Spot avvalroq Markaziy bank AVO bank mijozining omonati nega muzlatilganiga izoh bergani haqida yozgandi.