Birinchi yo‘nalishda super-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi, deya xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida 2−5-ustuvor yo‘nalishlardan biriga davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga birinchi tanlagan yo‘nalishida super-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi.

Bunda ular tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida o‘qishi mumkin. Mazkur tartib maqsadli qabul asosida tavsiya qilingan abituriyentlarga tatbiq etilmaydi.

O‘qishga qabul qilish oliy ta’lim tashkiloti rektori yoki direktori tomonidan belgilanadigan super-kontrakt miqdorini to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi.

Mazkur tartib barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlariga, jumladan, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarga ham tatbiq etiladi.


Avvalroq Spot tibbiyot oliygohlarida super-kontrakt bekor qilinishi mumkinligi haqida yozgandi.

Qaror loyihasi bilan, tibbiyot OTMlarida 5+1 shaklidagi 6 yillik umumiy tibbiyot yo‘nalishini joriy etish va minimal o‘tish ballarini oshirish ko‘zda tutilgan.