IMAN Invest Holding fintex xoldingi Toshkentda, Xirmontepa ko‘chasi, 41-uy (sobiq Nikitina ko‘chasi) manzilida ilk premium mijozlarga xizmat ko‘rsatish ofisini ochdi. Kompaniya uchun bu mijoz yo‘lining mantiqiy davomi: IMANUM ilovasidagi to‘liq raqamli servisdan — shaxsiy investitsiya menejeri bilan individual xizmatga o‘tish.
Investitsiya hajmi $10 000 va undan yuqori bo‘lgan mijozlar uchun premium xizmat ko‘zda tutilgan. Kapitalni boshqarish xizmatlarini xoldingning NAPP investitsiya litsenziyasiga ega sho‘ba kompaniyasi — Adl Invest ko‘rsatadi.
Ofis faoliyatining uch yo‘nalishi
Yangi ofis investitsiya bo‘yicha maslahatlar, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash va shaxsiy uchrashuvlar formatini o‘zida birlashtiradi.
- Investitsiya bo‘yicha maslahatlar. IMAN Invest Holding mutaxassislari mijozlarga IMANUM investitsiya platformasining ishlash tamoyillarini batafsil tushuntirib beradi — daromad shakllanish mexanizmi, muddatlar, risklar va mablag‘larni yechib olish shartlari. Ofisda nafaqat maslahat olish, balki investitsiya shartnomasini shaxsan imzolash, shuningdek, kassa orqali naqd pul bilan operatsiyalarni amalga oshirish mumkin.
- Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash. Bu yerda IMANUM ekotizimi mahsulotlari bilan bog‘liq masalalar hal etiladi: rasmiylashtirish, hujjatlar, to‘lovlar, arizalar holati. Yozishmalarda bir necha kunga cho‘zilishi mumkin bo‘lgan masalalar ofisda bir uchrashuvning o‘zidayoq — ishni oxirigacha yetkazadigan investitsiya menejeri ishtirokida hal qilinadi.
- Shaxsiy muzokaralar xonasi. Maxfiy suhbatlar — yirik investitsiya bitimlari, biznesni moliyalashtirish, oilaviy moliyaviy rejalashtirish uchun yakkama-yakka uchrashuvlarga mo‘ljallangan alohida xona ko‘zda tutilgan.
Ofisda mijozlar bilan shaxsiy investitsiya menejerlari (relationship managers) ishlaydi. Ular mijozni bir arizadan ikkinchisiga emas, balki kompaniya bilan hamkorligining butun davomida olib boradi: investitsiya strategiyasini tuzishga yordam beradi, bitimlarni kuzatib boradi, natija uchun javobgar bo‘ladi va shartnoma imzolangandan keyin ham aloqada qoladi. “Chatdagi operator” o‘rniga mijozda maqsadlariga erishishiga ko‘maklashadigan aniq bir inson — investitsiya va moliya bo‘yicha shaxsiy maslahatchi paydo bo‘ladi.
Xalqaro darajadagi servis
IMAN Invest Holding kapitalni boshqarish bo‘yicha direktori (Chief Wealth Officer) Thomas Funnell rahbarligida kompaniya O‘zbekistonda xususiy mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi standartini shakllantirmoqda. Adl Invest’da Thomas Funnell bosh investitsiya direktori (Chief Investment Officer) lavozimini egallaydi.
Tomas Funnell bank sohasi va kapitalni boshqarish bo‘yicha qariyb 20 yillik xalqaro tajribaga ega. U Buyuk Britaniyada HSBC Private Bank va Credit Suisse’da rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan, shuningdek, Qatarning Lesha Bank investitsiya bankida mijozlarga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishiga rahbarlik qilgan. Britaniya, Shveysariya va islomiy moliya sohasidagi yetakchi institutlarning sinovdan o‘tgan amaliyotlariga tayangan holda, u xalqaro servis standartlarini O‘zbekistondagi mijozlarning ehtiyojlari, qadriyatlari va madaniy kutilmalariga — islomiy moliya tamoyillarini hisobga olgan holda moslashtirmoqda.
“Jamoamiz O‘zbekistonda hali mavjud bo‘lmagan mijoz tajribasini yaratish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda — premium servis, o‘zbek madaniyatiga xos samimiy iliqlik va innovatsion investitsiya mahsulotlarini uyg‘unlashtirmoqda. Bu har bir mijoz o‘zini chinakam qadrlangan va kutilgan mehmondek his qiladigan, shu bilan birga, uning moliyaviy maqsadlari va kelajagiga moslab tuzilgan birinchi darajali investitsiya imkoniyatlaridan foydalana oladigan maskan bo‘ladi”, — dedi Thomas Funnell, Chief Wealth Officer.
Kontekst: islom moliyasi bozori o‘sib bormoqda
Ofisning ochilishi O‘zbekistonda islomiy moliya bozori faol rivojlanayotgan davrga to‘g‘ri keldi. 2026-yil 29-iyunda islomiy bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi, Markaziy bank huzurida Islomiy moliya bo‘yicha kengash tashkil etildi, bunday mahsulotlarga bo‘lgan talab esa taklifdan sezilarli darajada oshib ketmoqda.
Ofis ochilishi raqamli ekotizim va oflayn xizmat ko‘rsatish parallel ravishda rivojlanadigan strategiyaning bir qismidir. Ofisning vazifasi — jismoniy mavjudlikning o‘zi emas, balki mijozga masalalarni ilovada emas, shaxsan hal qilish qulayroq bo‘lgan holatlarda yuqori darajadagi servisni ta’minlashdir.
Bunday ehtiyoj, avvalo, yirik kapital bilan ishlashda yuzaga keladi. Kompaniya kuzatuvlariga ko‘ra, taxminan $10 000 dan boshlab mijoz uchun mobil ilovani emas, insonni ko‘rish muhim — savollarini jonli tarzda berish uchun. $100 000 dan boshlab esa mijozga kapitalini boshqarish va investitsiya qarorlarini qabul qilishda yordam beradigan shaxsiy maslahatchi kerak bo‘ladi.
Premium mijozlar bilan ish individual yondashuv asosida quriladi: ularning moliyaviy maqsadlari chuqur o‘rganiladi, investitsiya qarorlari esa bevosita Thomas Funnell jamoasi bilan muhokama qilinadi.
IMAN Invest Holding bundan keyin ham mahsulotlar, servis standartlari va mijozga yondashuv borasida xalqaro tajribani o‘zlashtirishda davom etadi hamda uni mahalliy muloqot madaniyatiga — bu yerda pul haqida qanday gapirilishiga moslashtiradi.
Ofisga qanday borish mumkin
Jamoa bilan tanishish, konsultatsiya olish va birinchi investitsiyani amalga oshirish uchun manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Xirmontepa ko‘chasi 41-uy (avvalgi Nikitin ko‘chasi).
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha.
Konsultatsiyaga yozilish: (+998) 55−588−55−55.
IMAN haqida
IMAN Invest Holding — 2019-yilda O‘zbekistonda tashkil etilgan fintex kompaniya. Xolding islomiy moliya tamoyillari asosida investitsiya, moliyaviy va to‘lov mahsulotlaridan iborat ekotizimni rivojlantirmoqda. IMAN Invest Holding ekotizimiga IMANUM investitsiya platformasi va superilovasi, IMAN Nasiya muddatli to‘lov xizmati hamda AIsha sun’iy intellekt yordamchisi kiradi. Kompaniyaning barcha mahsulotlari Shariat me’yorlariga muvofiqdir.
IMAN Invest Holding missiyasi — millionlab insonlarga pullarini ongli ravishda boshqarish va moliyaviy erkinlikka erishishda yordam beradigan zamonaviy moliyaviy ekotizim yaratish.
Reklama huquqlari asosida.






