Prezident “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.

Qarorga muvofiq, viloyat, tuman (shaxar) iqtisodiyot va sanoat, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, statistika bo’linmalari, xududiy Savdo sanoat palatasi, tijorat banklari, “Oilaviy tadbirkorlikni qullab-quvvatlash markazlari” va Markaziy banki tuzilmasida Axoli tadbirkorligini moliyaviy qo’llab-quvvatlash dasturlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boshqarmasi tashkil etiladi.

“Har bir — oila tadbirkor” dasturi doirasida:

  • nazarda tutilgan loyihalar va tadbirlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
  • imtiyozli kreditlar aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yillik 8% stavkada 3−6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi.

Dastur asosida aholiga imtiyozli kreditlar endilikda Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari xulosasi asosida ajratiladi.

Belgilanishcha, bunda dastlab shartnoma asosida loyiha egasi (kredit oluvchi)ga mahsulotlar (masalan, qoramol) yetkazib beriladi, loyiha egasi (kredit oluvchi) yetkazib berilgan mahsulotdan qanoatlanish hosil qilgandan so‘ng tegishli mablag‘lar bank tomonidan mahsulot yetkazib beruvchining hisobraqamiga o‘tkazib beriladi.

Prezident ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ortda qolayotgan hududlar masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o’tkazib, unda iqtisodiy rivojlanishi ortda qolayotgan 32 tumanda har bir yo‘nalish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishi va ushbu loyihalarni moliyalashtirish manbalari “Har bir oila — tadbirkor”, “Yoshlar — kelajagimiz”, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” kabi dasturlar bilan bog‘liq holda hal etilishi bo’yicha topshiriqlar bergan edi.