O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Microsoft korporatsiyasi delegatsiyasi bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar davomida XTV va Microsoft o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, yoshlarning axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan IT-nation loyihasida ishtirok etishi muhokama etildi.

Microsoft vakillari tomonidan maktablarda Imagine Academy dasturini joriy etish taklifi berildi. Mazkur dastur axborot texnologiyalariga oid turli o‘quv dasturlarini taqdim etadi.

Microsoft Corporation — xalqaro kompyuter texnikasi korporatsiyasi. Kompyuter dasturi bilan shug’ullanadi. Bosh shtab kvartirasi Redmond, Vashington shtatida joylashgan. Kompaniyaga 1975 yil 4 aprelda Bill Gates va Paul Allen tomonidan Albuquerque, New Mexico shtatida asos solingan. Bu kompaniya turli hil hisoblash mashinalari uchun dasturiy taminot ishlab chiqaradi. Jumladan: Shahsiy kompyuter, KPK, o’yin pristavkalari, mobil telefonlar va boshqalar uchun, hamda hozirgi kunda butun dunyoga mashhur bo’lgan 'Windows' dasturiy platformasining asoschisidir.