2019 yilning yanvar-fevral oyida O’zbekistonda 23,9 mingtaga yaqin korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa o’tgan yilning shu davriga nisbatan 13,2 mingtaga ko’p. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Natijada, faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni o’tgan yilning shu davriga solishtirilganda 51 mingta (17,4%) ga o’sgan hamda ularning umumiy soni 344,1 mingtani tashkil etgan.

Ro’yxatdan o’tgan korxonalar va tashkilotlar

2019 yilning 1 mart holatiga ko’ra 361,2 mingta korxonalar va tashkilotlar ro’yxatdan o’tgan bo’lib, iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha 23,8% savdo, 17,6% sanoat, 9% qurilish, 7,5% qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 6,2% yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 4% tashish va saqlash, 2,1% axborot va aloqa, 2% sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar hamda 27,8% boshqa faoliyat turlari hissasiga to`g`ri kelmoqda.

Yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar

Hududlar bo’yicha yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar sonining eng ko’pi Toshkent shahri (5087 ta), Toshkent (2201 ta), Samarqand (2390 ta) va Farg’ona (2237 ta) viloyatlari hissasiga to’gri keladi.

Aksincha, Sirdaryo (576 ta), Navoiy (678 ta) hamda Jizzax (1052 ta) viloyatlarida korxonalar soni kamligini kuzatiladi.