“Yandeks.Taksi” Toshkentda yangi “Biznes” tarifini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya Spot’ga ma’lum qildi.

Mazkur tarifga Chevrolet Epica, Malibu va Captiva kabi avtomobillar kiritildi.

“Bizning jamoamiz foydalanuvchi xohishlarini doimiy ravishda o’rganib, tahlil qiladi. O’tgan yili biz Toshkentda qulay avtomobil uchun talab borligini sezdik va „Komfort“ tarifini ishga tushirdik”, deyiladi xabarda.

Kompaniyada ta’kidlashlaricha, endilikda, foydalanuvchilar muhim uchrashuvlar yoki tadbirlarga tashrif buyurishlari uchun keng ichki va yuqori darajali xizmat ko’rsatish darajasiga ega bo’lgan avtomobillarga muhtojlik sezayotganliklari sababli yangi “Biznes” tarif rejasi ishga tushirildi.

Yangi tarif yo’nalishida boshlang’ich 2 km masofa 9 ming so’mdan oshmaydi, keyin esa shahar bo’ylab har 1 km masofa 1800 so’mdan hisoblab boriladi. 15.500 so’mga “Radisson Blu"dan “Голубые купола” restoranigacha borish mumkin.

“Yandeks.Taksi” Toshkentda 2018 yil aprel oyidan buyon faoliyat yuritmoqda.