O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashkil etilmoqda.

Qo‘mitaga quyidagi vazifalar yuklatilmoqda:

  • davlat organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki dasturlarni ishlab chiqib, hayotga tatbiq etish jarayoni ustidan parlament nazoratini amalga oshirish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
  • amaldagi qonun hujjatlarini ularda korrupsiyaga olib keluvchi normalarning mavjudligini aniqlash, tahlil qilish.

Qayd etilishicha, qo‘mitani tashkil etish masalasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritilgan.

O’zbekiston bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha 180 mamlakatdan iborat ro’yxatning 158 o’rnini egallamoqda. 2017 yili 157 chi, 2016 yilda esa 156 o’rinni egallagan edi.

Ilgari Spot “Transparency International” korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha nodavlat xalqaro tashkiloti O’zbekistonga korruptsiyaga qarshi kurashda yordam berishi haqida xabar bergan edi.