“Transparency International” korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha nodavlat xalqaro tashkiloti O’zbekistonga korruptsiyaga qarshi kurashda yordam beradi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” dasturida xabar berildi.

Tashkilotning mintaqaviy menejeri Svetla Savitskaya so’zlariga ko’ra, Transparency International korruptsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishda yordam berishga tayyor.

Ta’kidlanishicha, aprel oyining oxirida Toshkentda Transparency International ekspertlari ishtirokida O’zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash sohasida xalqaro standartlar va zamonaviy amaliyotlarni joriy qilish bo’yicha tadbir o’tkazish to’g’risida kelishuvga erishildi.

O’zbekiston bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha 180 mamlakatdan iborat ro’yxatning 158 o’rnini egallamoqda. 2017 yili 157 chi, 2016 yilda esa 156 o’rinni egallagan edi.

Transparency International — korrupsiyaga qarshi kurash va butun dunyodagi korrupsiya darajasini o’rganish bo’yicha nodavlat xalqaro tashkilotdir. Xalqaro harakat 1993 yilda Jahon bankining sobiq direktori Peter Eigen tomonidan Berlinda tashkil etilgan. Hozirgi kunda tashkilot dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida o’z bo’limlariga ega.