3-iyun kuni Toshkent shahrida Banking Fusion Uzbekistan 2026 xalqaro ixtisoslashtirilgan forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbir tashkilotchisi — BS/2 kompaniyasi. Forum diqqat markazida bank texnologiyalarini rivojlantirish, raqamli xizmatlar va moliya sektorida innovatsion yechimlarni amaliy joriy etish masalalari bo‘ladi.

Forum O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Fransiya, Xitoy va Litvadan banklar rahbarlari, moliyaviy institutlar vakillari, fintex sohasi ekspertlari hamda texnologik hamkorlarni bir maydonga jamlaydi.

“Bugungi kunda O‘zbekiston mintaqadagi eng jadal rivojlanayotgan moliyaviy bozorlardan biri hisoblanadi hamda zamonaviy bank va fintex-yechimlarni joriy etish uchun yuqori salohiyatni namoyon etmoqda. Shu bois banklar, moliyaviy institutlar va texnologik ekspertlar o‘rtasida ochiq professional muloqot uchun maydon yaratish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Biz forumda o‘z ekspertizasi va amaliy tajribasi bilan mintaqa moliya sektori kelajagini shakllantirayotgan mutaxassislarni ko‘rishni istaymiz. Forumning asosiy qadriyati — professional hamjamiyatni tajriba almashish, real keyslarni muhokama qilish va sohani rivojlantirish bo‘yicha yechimlarni birgalikda izlash atrofida birlashtirishdan iborat”, — dedi Nikolay Jelnins, BS/2 kompaniyasi bosh direktorining kommersiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

Ishbilarmonlik dasturining asosiy mavzulari:

  • “Bank sohasida sun’iy intellekt: pilot sinovlardan keng ko‘lamli qo‘llash bosqichiga o‘tish”;
  • “Data-driven yondashuvlar: ma’lumotlar tahlili asosida biznes jarayonlarini boshqarish”;
  • “Raqamli aktivlar: moliyaviy tashkilotlar uchun yangi strategik imkoniyatlar”;
  • “Bank jarayonlari va raqamli xizmatlarni avtomatlashtirish hamda optimallashtirish”;
  • “To‘lov yechimlari va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tizimlari uchun texnologik infratuzilma”;
  • “Bank biznesini transformatsiya qilish va masshtablash bo‘yicha amaliy keyslar”;
  • “Makrotrendlar: moliyaviy bozor rivojlanishining asosiy tendensiyalari va uzoq muddatli istiqbollari”.

Forum dasturidan ekspert ma’ruzalari, panel muhokamalari hamda yetakchi xalqaro texnologik kompaniyalar yechimlari taqdimotlari o‘rin olgan. Ishtirokchilar amalda qo‘llanilayotgan biznes-modellar bilan tanishish va raqamli strategiyalarni joriy etish tajribasi bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Manzil: JW Marriott Hotel Tashkent.
Sana: 2026-yil 3-iyun.

Forum haqida batafsil ma’lumot rasmiy saytda mavjud.

Reklama huquqlari asosida.