O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari BAAning eng yirik tijorat banki — First Abu Dhabi Bank rahbariyati bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Dunyo axborot agentligi.

Unda bank-moliya sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston tomoni mamlakatda bank-moliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, banklarni xususiylashtirish jarayonlari muhokama qilindi.

baa, bank, yashil iqtisodiyot

Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy qilish, bank xizmatlari sifatini oshirish hamda ichki bozorda moliyaviy vositalar doirasini kengaytirish yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Muloqot chog‘ida First Abu Dhabi Bank ishtirokida O‘zbekistondagi “yashil iqtisodiyot” loyihalarini imtiyozli moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishib olindi.


Avvalroq Spot BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ta diagnostika markazi ochishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Ushbu markazlarda MSKT, MRT, rentgenografiya, gemodializ va laboratoriya diagnostikasi xizmatlarini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Farg‘ona viloyatida tibbiyot muassasalari qoshida DXSH asosida kompyuter tomografiyasi bo‘limlarini tashkil etish loyihasi ham ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, kompaniya bilan hamkorlikda aholini zamonaviy va sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash kutilmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar Unison Capital Investment rahbariyatining iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishi to‘g‘risida kelishib oldilar.